terminal
Yangi xodim: foydalanuvchi, guruh va parol siyosati
Osonbolt+10 XPflagMajburiy
Kompaniyaga yangi dasturchi — Aziza ishga keldi, eski xodim Bekzod esa bo'shab ketdi. Siz — tizim administratori. Darsda ko'rgan useradd, usermod, chage buyruqlari endi haqiqiy vazifada. Vazifa devteam nomli guruh yarating. aziza foydalanuvchisini yarating: home papkasi bilan (-m) va shell'i /bin/bash bo'lsin. azizani devteamga qo'shimcha guruh sifatida qo'shing — asosiy (primary) guruhi azizaligicha qolsin. (Darsdagi ogohlantirishni eslang: -a bayrog'i!) aziza uchun parol siyosati: parol maksimal 90 kun amal qilsin, muddati tugashidan 7 kun oldin ogohlantirsin (chage). Bekzod ketdi, lekin fayllari hali kerak: bekzod hisobini o'chirmasdan qulflang (lock). Muvaffaqiyat mezoni Barcha qiymatlar jonli tizimdan tekshiriladi: /etc/passwd, /etc/shadow, id, passwd -S. azizaning home papkasi haqiqatan mavjud bo'lishi kerak (-msiz yaratilsa o'tmaydi). bekzod getent passwdda ko'rinishi (o'chirilmagan), lekin holati L (locked) bo'lishi shart.