terminal
Boot profilaktikasi: GRUB sozlamalari va default target
Osonbolt+20 XPflagMajburiy
Sizga meros bo'lib qolgan server bor: oldingi admin GRUB'da 30 soniyalik menyu kutish qoldirgan, kernel qatoriga debug parametrlari tiqib tashlagan, tizim esa grafik (graphical) rejimga yo'naltirilgan — vaholanki bu monitor ham ulanmagan server! Darsdagi boot zanjirini eslab, tartib o'rnating. Konteynerda haqiqiy reboot yo'q — lekin GRUB va target konfiguratsiya fayllari real serverdagi bilan bir xil. Checker jonli qiymatlar bilan solishtiradi. Vazifa Boot pasporti : /root/boot-hisobot.txt faylini yarating, aynan shu 2 qator: /etc/default/grub faylini tartibga keltiring: Menyu kutish vaqti: GRUB TIMEOUT=2 Standart yozuv: GRUB DEFAULT=0 Kernel parametrlari faqat: GRUB CMDLINE LINUX DEFAULT="quiet splash" (debug axlatlarsiz) Server matn rejimida yonsin: default.targetni multi-user.target ga ko'rsatuvchi symlink qiling (/etc/systemd/system/default.target → /lib/systemd/system/multi-user.target). Real serverda buni systemctl set-default multi-user.target bajaradi — u ham aynan shu symlink'ni yaratadi. Muvaffaqiyat mezoni KERNEL va FIRMWARE jonli tizim bilan solishtiriladi (uname -r, /sys/firmware/efi). GRUB faylida qiymatlar aynan ko'rsatilganday bo'lishi shart.