terminal
"Backup bor" ≠ "backup ishlaydi": tar, rsync va tiklash sinovi
Osonbolt+20 XPflagMajburiy
Kompaniya saytining papkasi — /var/www/loyiha. Diskda /backup/eski-backup.tar.gz degan "zaxira" yotibdi, lekin uni hech kim hech qachon tekshirmagan. Darsning bosh qoidasi: tiklab sinalmagan backup — backup emas . Vazifa Eski arxivni tekshiring: tar -tzf /backup/eski-backup.tar.gz. Natijani hisobotga yozasiz (4-band). Yangi ishonchli zaxira yarating: /backup/loyiha-backup.tar.gz — ichida loyiha papkasi (config.php bilan) bo'lsin. Yaxlitlik nazorati: md5sum bilan /backup/loyiha-backup.tar.gz.md5 faylini yarating (keyin md5sum -c o'tishi shart). rsync bilan ko'zgu-nusxa: /var/www/loyiha/ ichidagilarni /backup/mirror/ ga sinxronlang — diff -r farq topmasligi kerak. (Darsdagi ogohlantirish: manba oxiridagi / muhim!) Tiklash sinovi : yangi arxivni /root/tiklash-sinov/ ga chiqarib ko'ring. /root/backup-hisobot.txt faylini yarating, aynan shu 2 qator: Muvaffaqiyat mezoni Yangi arxiv tar -tzfdan o'tishi, md5 tekshiruvi md5sum -cdan o'tishi shart. Ko'zgu diff -r /var/www/loyiha /backup/mirror bo'yicha aynan bo'lishi kerak (config.php TO'G'RIDAN-TO'G'RI /backup/mirror/ ichida!). ESKI ARXIV va TIKLANGAN FAYL jonli tekshiriladi.