settings_applications
O'z xizmatingiz: hisobot-bot uchun unit fayl
Osonbolt+20 XPflagMajburiy
Kompaniya ichki boti — /usr/local/bin/hisobot-bot — hozircha qo'lda ishga tushiriladi. Server qayta yonganda hech kim uni yoqishni eslamaydi. Darsda ko'rdingiz: bunday dasturni systemd xizmatiga aylantirish kerak. Sandbox'da systemd PID 1 sifatida ishlamaydi, shuning uchun systemctl start o'rniga konfiguratsiya darajasida ishlaymiz — xuddi shu fayllar real serverda ham ishlaydi. Checker systemd-analyze verify bilan unit faylni jonli tekshiradi . Vazifa /etc/systemd/system/hisobot.service unit faylini yarating: [Unit] : Description=HackNow hisobot xizmati, tarmoqdan keyin ishga tushsin: After=network.target [Service] : ExecStart=/usr/local/bin/hisobot-bot --interval 60, yiqilganda qayta ko'tarilsin: Restart=on-failure, 5 soniya kutib: RestartSec=5 [Install] : WantedBy=multi-user.target So'ng systemctl enable aslida nima qilishini o'z qo'lingiz bilan bajaring — enable-symlink yarating: Muvaffaqiyat mezoni systemd-analyze verify hisobot.service toza o'tishi shart (xato ham, ogohlantirish ham yo'q). Barcha kalitlar aniq qiymatlar bilan; symlink hisobot.servicega ko'rsatishi kerak.