database
Yetim yozuvlar tergovi: EXISTS, subquery va CTE
Osonbolt+20 XPflagMajburiy
/root/sql/db.sqlite: xizmat(id, nom, muhit, cpu) va deploy(id, xizmat id, holat, sana). Diqqat: deployda xizmat id NULL bo'lgan yozuv ham bor — darsdagi not in tuzog'i aynan shu yerda ishga tushadi. Vazifa q1.sql — birorta ham deployi YO'Q xizmatlar nomi, tartib bilan. not exists ishlating (not in emas — NULL tufayli u bo'sh natija beradi, o'zingiz sinab ko'ring!). q2.sql — skalyar subquery: har xizmat uchun nom, cpu, (butun jadval bo'yicha o'rtacha cpu — round(..., 1)), nom bo'yicha tartib. q3.sql — CTE (with ... as) bilan ikki bosqichli hisobot: avval har xizmatning muvaffaqiyatsiz deploylari sonini hisoblang, so'ng shu CTE'dan kamida 2 ta muvaffaqiyatsizligi borlarni nom va soni bilan, soni kamayishi tartibida chiqaring. Muvaffaqiyat mezoni Har uchala so'rov toza nusxada referens bilan AYNAN solishtiriladi. q1da exists, q3da with kalit so'zi bo'lishi shart.