terminal
Muharrirda jangovar tuzatish: buzuq konfiguratsiya
Osonbolt+10 XPflagMajburiy
Tungi smena. Ilova ishga tushmayapti — konfiguratsiyada xato bor. Grafik muhit yo'q, faqat terminal va matn muharriri (nano yoki vim — qaysi biri yoqsa). Darsdagi "server yonmoqda" holatining o'zi. /etc/meningilovam/app.conf faylini muharrirda ochib, tuzating: Vazifa Xato kalitni tuzating: hostt=server01 → host=server01 (fayl ichida hostt umuman qolmasin). Debug rejimini o'chiring: debug=true → debug=false . Fayl oxiriga yangi qator qo'shing: til=uz . port=8080 qatoriga tegmang — u to'g'ri. Vim'da "saqlab chiqish" buyrug'ini /root/vim-javob.txt ga yozib qo'ying (yodlab olganingizni tekshiramiz — : bilan boshlanadi). Muvaffaqiyat mezoni Konfiguratsiyada to'g'ri kalitlar, typo yo'q, port saqlangan vim-javob.txt'da to'g'ri chiqish buyrug'i