terminal
Konveyer: access-log tahlili pipe zanjiri bilan
Osonbolt+10 XPflagMajburiy
Veb-serverdan /root/kirish.log tushdi: har qatorda IP METOD YO'L STATUS (masalan 10.0.0.5 GET /api/users 200). Rahbariyat 4 ta savolga javob kutyapti — va siz ularni darsdagi konveyer (|) va filtrlar (grep, sort, uniq, wc, cut) bilan topasiz. Vazifa /root/natija/ katalogini yaratib, ichiga quyidagilarni yozing: soni.txt — jurnaldagi jami qatorlar soni (faqat son). xato500.txt — 500 status bilan tugagan qatorlarning o'zi (jurnal tartibida, to'liq qatorlar). top-ip.txt — eng ko'p so'rov yuborgan IP (faqat IP, bitta qator). unikal-ip-soni.txt — jurnaldagi takrorlanmas IP'lar soni (faqat son). metodlar.txt — ishlatilgan HTTP metodlar ro'yxati (takrorsiz, alifbo tartibida, har qatorda bittadan). Muvaffaqiyat mezoni Har bir natija checker tomonidan jurnaldan qayta hisoblanadi — aynan mos bo'lishi shart