terminal
Loyihani tartibga solish: nusxa, qidiruv, tozalash
Osonbolt+10 XPflagMajburiy
/root/loyiha/ katalogida ishlab chiqarishdan tushgan loyiha bor: ichida kod, konfiguratsiya, har joyga sochilgan .log fayllar va katta jurnal. Relizdan oldin uni tartibga solish — sizning vazifangiz. Vazifa Butun /root/loyiha katalogini rekursiv nusxalab /root/loyiha-backup zaxirasini yarating. find bilan loyiha ichidagi barcha .log fayllar ro'yxatini /root/loglar.txt ga yozing (har qatorda bitta yo'l). /root/loyiha/jurnal.txtning oxirgi 10 qatorini /root/oxirgi10.txt ga saqlang. Jurnalda XATO so'zi bor qatorlar sonini /root/xatolar-soni.txt ga yozing (faqat son). /root/loyiha/tmp/ keraksiz katalogini rekursiv o'chiring . Muvaffaqiyat mezoni Ro'yxat va sonlar tizimdagi haqiqiy qiymatlar bilan mos (checker qayta hisoblaydi) Zaxira to'liq, tmp yo'q