terminal
Terminal navigatsiyasi: fayllarni joy-joyiga qo'yish
Osonbolt+10 XPflagMajburiy
Sizga chala qolgan ish stoli meros qoldi: /root/mashq/ ichida hujjatlar sochilib yotibdi. Faqat darsda o'rgangan buyruqlaringiz bilan — pwd, ls, cd, cat, mkdir, cp, mv, rm — hammasini tartibga soling. Vazifa ls bilan /root/mashq/ ichini o'rganing. /root/ish/loyiha katalog zanjirini yarating (bitta buyruq bilan bo'ladi). /root/mashq/hujjatlar/eslatma-eski.txt faylini /root/ish/loyiha/ga eslatma.txt nomi bilan nusxalang (asl fayl joyida qolsin). /root/mashq/rasmlar/logo.png ni /root/ish/loyiha/ga ko'chiring (eski joyida qolmasin). /root/mashq/keraksiz.tmp faylini o'chiring . /root/ish/loyiha ichiga kirib, pwd chiqishini qayerdaman.txt fayliga yozing. Muvaffaqiyat mezoni Nusxa mazmuni asl bilan aynan bir xil; ko'chirilgan fayl eski joyida YO'Q qayerdaman.txt ichida haqiqiy pwd chiqishi