terminal
Arxiv diskini ulash: ro-mount, fstab va tmpfs
Лёгкийbolt+20 XPflagОбязательная
Buxgalteriya arxivi saqlangan disk keldi — /dev/loop6 (ichida 2025-yil hisobotlari). Talablar: arxiv faqat o'qish uchun ulansin (hech kim tasodifan o'zgartirmasin), reboot'dan keyin ham avtomatik ulansin, tezkor almashinuv uchun esa RAM-disk kerak. Vazifa Ehtiyot chorasi: /etc/fstabning zaxira nusxasini oling (/etc/fstab.backup nomi bilan). /mnt/arxiv nuqtasini yaratib, /dev/loop6ni faqat o'qish (ro) rejimida ulang. Ichida muhim-hujjat.txt ko'rinishi kerak. Doimiylik: /etc/fstabga UUID orqali yozuv qo'shing (UUID'ni blkid /dev/loop6dan oling): mount nuqtasi /mnt/arxiv, tur ext4, opsiyalarda ro, dump=0, pass=2 Mavjud yozuvlarni O'CHIRMANG. /mnt/tez nuqtasiga 64 MB tmpfs (RAM-disk) ulang. Muvaffaqiyat mezoni Checker findmnt bilan jonli tekshiradi: arxiv haqiqatan ro ulangan-mi, tmpfs 64M-mi. fstab yozuvi 6 ustunli formatda to'g'ri bo'lishi shart. Yozuvdan keyin mount -a bilan sinang (darsdagi oltin qoida!).