terminal
Fayl triaj markazi: case marshrutlash va test shartlari
Лёгкийbolt+20 XPflagОбязательная
Serverga har xil fayllar kelib tushadi va skript ularni "triaj" qilishi kerak: mavjudmi, katalogmi, bo'shmi, qanaqa tur? Darsdagi fayl testlari (-e -d -s -x), if/elif zanjiri va case marshrutlash — bitta amaliy dispecherda. Vazifa /root/triaj/triaj.sh skriptini yozing (bajariladigan): ./triaj.sh FAYL Chiqish qoidalari (stdout, aynan shu format): Argumentsiz chaqirilsa: stderr'ga Foydalanish: ..., chiqish kodi 1 . Fayl mavjud emas (! -e): HOLAT=YOQ, chiqish kodi 2 . Katalog (-d): HOLAT=KATALOG. Bo'sh fayl (! -s): HOLAT=BOSH. Aks holda birinchi qator HOLAT=BOR, keyin case bilan (fayl NOMI bo'yicha) tur: .sh yoki .bash → TUR=skript va qo'shimcha: bajarish huquqi bo'lsa IJRO=ha, bo'lmasa IJRO=yok .log → TUR=jurnal va qo'shimcha: XATOLAR= .conf yoki .cfg → TUR=sozlama boshqa hamma narsa → TUR=nomalum Namuna fayllar /root/triaj/namuna/ ichida tayyor: app.conf, deploy.sh (bajariladigan), backup.sh (huquqsiz), server.log, empty.txt, papka/. Muvaffaqiyat mezoni Har bir holat checker tomonidan alohida chaqirib tekshiriladi (chiqish kodlari bilan birga). XATOLAR= qiymati checker tomonidan jonli grep -c "ERROR" bilan solishtiriladi — qotirilgan son o'tmaydi.