terminal
Birinchi ish kuni: buzilgan skriptni jonlantirish
Лёгкийbolt+10 XPflagОбязательная
Birinchi ish kuningiz. O'tgan xodim /root/skriptlar/eski-hisobot.sh skriptini qoldirgan — lekin u Windows'da yozilgan va umuman ishlamaydi. Darsda ko'rgan uchta klassik muammo bir faylda: CRLF qator oxirlari , buzuq shebang (birinchi qatorda bo'sh joy bor) va bajarish huquqi yo'q . Vazifa eski-hisobot.shdagi barcha \r (CRLF) belgilarini tozalang (maslahat: sed -i 's/\r$//'). Birinchi qator aynan !/bin/bash bo'lsin (boshidagi bo'sh joyni olib tashlang). Skriptga bajarish huquqi bering (chmod +x) — u ./eski-hisobot.sh bilan ishlashi kerak. O'zingizning skriptingizni yozing: /root/skriptlar/tizim-info.sh Birinchi qator !/bin/bash, keyin kamida bitta kommentariya qatori ( bilan). Buyruq almashtirish $(...) yordamida aynan shu 3 qatorni chiqarsin: Unga ham bajarish huquqi bering. Muvaffaqiyat mezoni eski-hisobot.shda bitta ham \r qolmagan, shebang toza, ./ bilan ishga tushib HISOBOT TUGADI chiqaradi. tizim-info.sh chiqishi checker tomonidan jonli uname -r, nproc, whoami bilan solishtiriladi — qiymatlarni qo'lda yozmang, $(...) ishlating.