terminal
Yangi disk: GPT bo'lim, ext4 va disk tahlili
Easybolt+20 XPflagRequired
Serverga ikkita yangi blok qurilma ulandi (sinov muhitida loop-qurilmalar; real serverda /dev/sdb va /dev/sdc bo'lardi): /dev/loop7 — 256 MB bo'sh disk: unga bo'lim jadvali chizasiz; /dev/loop8 — 128 MB "bulutdan kelgan tayyor hajm (volume)": unga to'g'ridan-to'g'ri fayl tizimi o'rnatasiz (bulut disklarida bu keng amaliyot). Darsdagi zanjir aynan shu: Disk → Partition → Filesystem . Bundan tashqari /var/data to'lib borayapti — qaysi papka aybdorligini ham aniqlaysiz. Eslatma: bu VM'da udev ishlamaydi, shuning uchun bo'lim tuguni (/dev/loop7p1) /dev da ko'rinmasligi mumkin — bu normal. Jadval diskning o'zida saqlanadi va checker uni parted orqali jonli o'qiydi. Real serverda udev tugunni avtomatik yaratadi. Vazifa /dev/loop7da GPT bo'lim jadvalini yarating (sandbox'da fdisk yo'q — parted -s /dev/loop7 mklabel gpt). Diskning butun hajmini egallaydigan 1-bo'lim yarating: parted -s /dev/loop7 mkpart primary ext4 1MiB 100%. Natijani parted -s /dev/loop7 print bilan ko'ring. /dev/loop8da ext4 fayl tizimini yarating, yorlig'i DATA bo'lsin (mkfs.ext4 -L DATA). /root/disk-hisobot.txt faylini yarating, aynan shu 2 qator: Muvaffaqiyat mezoni Checker GPT jadvalini va bo'limni jonli parted print orqali, fayl tizimini blkid orqali tekshiradi. UUID va ENG KATTA jonli qiymatlar bilan solishtiriladi — du -s /var/data/ | sort -n sizga javobni beradi.