Interactive tasks attached to this lesson — complete them in a real Kubernetes environment and check the result.
terminal
Yordam tizimi: javobni hujjatdan o'zingiz toping
Osonbolt+10 XPflagRequired
DevOps muhandisi hamma flagni yodlamaydi — qayerdan qarashni biladi. Bu labda internetsiz, faqat tizimning o'z yordam vositalari bilan (--help, man) javob topasiz. Vazifa Quyidagi savollarga javobni yordam tizimidan toping va /root/yordam-javoblar.txt fayliga yozing: Maslahat: ls --help, mkdir --help, rm --help, man man (bo'limlar ro'yxati) — hammasi shu tizimning ichida. Muvaffaqiyat mezoni Flaglar hujjatdagi haqiqiy flaglar bilan mos Versiya tizimdagi haqiqiy versiya bilan mos (checker jonli solishtiradi)
terminal
Standart umask sozlash
Osonbolt+15 XP
Auditda aniqlandi: foydalanuvchilar yaratayotgan yangi fayllarni butun server o'qiy oladi . Kompaniya siyosati: yangi fayl egasi va guruhidan boshqa hech kimga ko'rinmasin . Vaziyat Hozir yangi fayllar 644 (hamma o'qiydi) ruxsati bilan yaratilmoqda Talab: yangi fayl 640, yangi katalog 750 bo'lsin O'zgarish barcha foydalanuvchilar uchun, tizim darajasida amal qilsin Vazifa Tizimning standart sozlamasini shu talabga moslang. Muvaffaqiyat mezoni Tizim sozlamasida standart qiymat talabga mos Yangi kirgan foydalanuvchi yaratgan fayl haqiqatan 640 bo'ladi
terminal
Tinglayotgan xizmatlar auditi
Osonbolt+15 XP
Xavfsizlik tekshiruvi oldidan serverda qanday xizmatlar tarmoqni tinglayotgani to'liq noma'lum. Auditor barcha ochiq TCP portlarining ro'yxatini — port va uni egallagan jarayon bilan — talab qilmoqda. Vazifa Serverda tinglayotgan (LISTEN) barcha TCP portlarni jarayoni bilan birga aniqlang va to'liq ro'yxatni /root/listening-audit.txt fayliga yozing. Muvaffaqiyat mezoni Hisobot barcha tinglayotgan TCP xizmatlarini (port + jarayon) o'z ichiga oladi
terminal
Ichki xizmatlar uchun nom yechilishini sozlash
Osonbolt+15 XP
Yangi deploy qilingan ilova ikkita ichki xizmatga nomi bo'yicha murojaat qiladi, ammo bu nomlar hech qayerda ro'yxatga olinmagan — natijada "could not resolve host" xatolari chiqmoqda. Bu xizmatlarning IP'lari statik (o'zgarmaydi), shuning uchun ularni tizim darajasida ro'yxatga olish kerak. Vaziyat Ilova quyidagilarni nomi bo'yicha izlaydi: db.internal → 10.20.0.15 cache.internal → 10.20.0.16 Vazifa Bu ikki nom butun tizim uchun to'g'ri IP'ga yechiladigan qilib sozlang. Mavjud yozuvlarga (localhost) tegmang. Muvaffaqiyat mezoni db.internal va cache.internal to'g'ri IP'larga yechiladi Mavjud localhost yechilishi buzilmagan